Qo'qon shamoli
Film syujeti
Filmda Qo‘qon xonligining 18-asr oxiri — 19-asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy muhit, bu davr murakkabliklari, Qo‘qon adabiy muhiti aks ettirilgan. Syujetda Amir taxallusi bilan ijod qilgan Qo‘qon xoni Amir Umarxon va uning rafiqasi buyuk shoira Nodirabegim hayoti va ijodi haqida so‘z boradi.