Ibrat
Film syujeti
Filmda Ibratning murakkab yillarda yengilmas, matonatli, xalq manfati va maqsadi yoʻlida kurashlardan qaytmaydigan feʼl-atvor egasi ekanligini koʻrsatib berish bilan birga el tinchligi, toʻqligi va ertasi faqat maʼrifat bilangina qoʻlga kiritilishi mumkinligi ilgari surilgan. Ibrat domlaning dunyo kezishi, til oʻrganishi, neki yangilik va yaxshilik uchrasa ona yurtiga tadbiq etishga harakat qilishi, yurtning maʼrifat va ozodlikka erishish gʻoyasini targʻib etadigan, qayerda va qay holatda boʻlmasin maʼrifat uchun kurashishdan tolmaydigan, nufuzli amaldor, qozi ekaniga qaramay, oʻz doirasidagi odamlarga qarshi borib, doimo xalqtarafida turgan inson sifatida gavdalantirilgan. Is’hoqxon Ibrat istiqlol yoʻli qoʻzgʻolon va qon toʻkilishlardan oʻtishini hohlamaydi. U turli sekta va siyosiy uyushmalarni rad etib, bundan xalq katta zarar koʻrayotganini taʼkidlaydi. Oʻz manfaati yoʻlidagi oʻyinlar-u, istiqbolsiz qarorlar natijada xalqni jang va urushlarga yetaklashiga olib kelishidan hammani ogohlantiradi. Shu bilan birga, u maʼrifat orqali erkinlikka erishish gʻoyasini ilgari suradi. Bu jarayon filmda batafsil aks ettirilgan. Ibrat domlaning dunyo kezganligi bilan bogʻliq ayrim lavhalar Hindiston va Misr davlatlarida olingan