“Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi


?>

Muzeyning maqsadi quyidagilardan iborat:
Xalqimizning boy madaniy merosini, uning insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarda mamlakatda erishilgan yutuqlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan muzey-qo‘riqxonaning ekspozitsiyalarini tashkil etish;
Xalqimizning madaniy boyligi hisoblangan muzey-qo‘riqxonaning ashyolari va muzey-qo‘riqxonaning kolleksiyalarini avaylab-asrash, o‘rganish, boyitib borish, mamlakat fuqarolariga namoyish etish, dunyo jamoatchiligiga tanitish va targ‘ib etish, noyob eksponatlar orqali fuqarolarda, ayniqsa yosh avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bebaxo tarixiy va madaniy merosga hurmat, g‘urur va iftixor, Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg'ularini tarbiyalash va kuchaytirishdan iborat.

Muzeyning vazifasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Muzey-qo‘riqxonaning ashyolari va muzey kolleksiyalarini ilmiy tadqiq qilish ishlarini kuchaytirish va uning natijalarini e’lon qilib borish;
  • Muzey-qo‘riqxonaning ekspozitsiyalarini tashkil etishda Zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish;
  • Muzeyshunoslikning dolzarb masalalariga oid ilmiy-amaliy anjumanlar o'tkazish va ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish;
  • Chet el muzey-qo‘riqxonalari bilan ko‘rgazmalar tashkil yetish, manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash;
  • Muzey-qo‘riqxona qoshida olim va mutaxassislarni jalb etgan holda ilmiy-badiiy kengash tuzish;
  • Muzey-qo‘riqxona fondini boyitish maqsadida mavzuli ekspeditsiyalar tashkil etish;
  • Jahon muzeyshunosligi tajribasini qo‘llash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va boshqalar.

Tarixi
O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyining shakllanish tarixi 1874-yillarga borib taqaladi. Samarqand shahri 1868-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilganidan keyin Samarqand general-gubernatorligining kanselyariyasida shakllantirilgan keyinchalik 1896-yilning 21-iyul kuni muzey sifatida rasman ochilgan. Dastlab muzey Avliyo Georgiy ibodatxonasida faoliyat yurita boshlagan bo‘lsa, o‘tgan asrning boshlarida muzey va o‘quv zali uchun yangi bino (hozirgi bolalar axborot resurs markazi binosi) qurilib, foydalanishga topshiriladi. 1923-yildan boshlab muzey savdogar Abram Kalontarov tomonidan qurdirilgan binoda faoliyat yurita boshlaydi. XX asrning 70-yillaridan boshlab, Registon (hozirgi Islom Karimov) ko‘chasi 1-uyda joylashgan binoda o‘z faoliyatini davom ettiradi. 2009-yilda muzey Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 148-uy manzilida joylashgan moslashtirilgan binoga ko‘chirildi. Muzey-qoʻriqxona fondida 235 000 mingdan ortiq eksponatlar mavjud. 2013-yildan boshlab ushbu binoda muzey ekspozitsiyalari namoyish etilib kelinmoqda.

Asarlar va artefaktlarning suratlari

 

Sirg‘a
Halqa shaklidagi sirg‘a bo‘lib, uning bir uchida oval kengaygan qismi (rastrub) mavjud. Rastrub chetida skvoznoy (teshib o‘tilgan) teshik bo‘lib, unga halqa shaklidagi sirg‘aning boshqa ingichkalashgan uchi kiritiladi. Halqa notekis oval shaklga ega. Rastrub chetlari notekis bo‘lib, ayrim joylari biroz sinib ketgan. Miloddan avvalgi X asr. Samarqand viloyati, Muminobod qishlog‘idagi qabrdan topilgan. 1967-yil 25-fevraldagi hujjat: A. Asqarov, O‘zbekiston FA Arxeologiya instituti, Samarqand shahri, hadya.

 


Zakariyo Qazviniy. “Ajoyib ul-maxluqot”
Asar geografiya, biologiya, tabiatshunoslik ilmiga mansub bo‘lib, unda hayvonot va nabotot olamidagi maxluqot va o‘simliklar zikr etigan. Har birining yashash sharoiti, jamiyatdagi o‘rni, foyda va zarari shifolik xususiyati bayon etilgan. Sahifalar rangli tasvirlar bilan bezalgan.

 

Rim. Imperator Flatsilla (+388). Imperatritsa byusti o‘ng tomonga qaragan. Yozuv (legenda): tik turgan ayol siymosi (Sog‘liq). Chiziq ostida yozuv mavjud. Buyumning umumiy tavsifiga mos keladi.
Inventar og‘irligi — 4,91 g.
Mavjud og‘irligi — 4,89 g.

 

Umaviylar — Sharqiy xalifalik. Abdulmalik (Valiyd I davri), hijriy 86 – 96-yillar / milodiy 705–715-yillar. Dirham, 2,92 g. Vasit shahrida zarb qilingan. Arabcha yozuvlar mavjud.

 

 

 

Rim imperiyasi. Gonoriy (393–423). Imperator byusti diadema va plashda, o‘ng tomonga qaragan. Yozuv (legenda): G‘alaba jangchini gulchambar bilan taqdirlamoqda.

 

Buxorxudot, xalifa al-Mahdiy nomidan, hijriy 158–169-yillar / milodiy 775–785-yillar.
AV: Varaxran V ga o‘xshash byust, tojda, o‘ng tomonga qaragan. Yelka chizig‘i ostida uchta nol belgisi bor. Devordan bog‘ich (tasmaning) uchi ko‘tarilib chiqib turibdi. RV: Olovli altar, uning fonida o‘ng tomonga qaragan byust tasvirlangan. Ikki tomonda qo‘llarida qilich tutgan soqchilar, yuzlari olov tomonga qaratilgan. Aylana cheti (obodok) urilib ketgan, yozuvlar yo‘q.

 


Oltin O‘rda — Jo‘jilar sulolasi. Jonibek xon. Hijriy 741–756-yillar / milodiy 1341–1355-yillar. Dirham. Saroy al-Jadid shahrida zarb qilingan, hijriy 748-yil / milodiy 1348-yil. Arab yozuvida bitik: «Adolatli sulton (4 ta panjara belgisi). Jonibek xon».
Kesilgan aylana obodok ichiga joylashtirilgan bezakli olti burchak shaklida, aylana bo‘ylab (segmentda) arab yozuvidagi bitiklar mavjud.

 

 

 

Vaqfnoma — Buxorolik Bohovoddinning mulkiga oid hujjat. Hujriy 1105-yil rabiy us-soniy oyida (1693-yil) qalin, yaltiroq qog‘ozga yirik va chiroyli nastaʼliq xatida siyoh va oltin bilan yozilgan hamda yupqa oq mitqal — xosa matosiga yopishtirilgan. Saqlash uchun klapani mavjud, o‘simliksimon naqshlar bilan bezatilgan to‘rtburchak sarlavhaga ega. 95 ta shaxsiy muhr bosilgan (qozilar, muftiylar va boshqalar). Matn oltin hoshiyaga olingan. Klapan uzunligi (teri) — 28 sm. Materiali — qog‘oz. Saqlanish holati: boshlang‘ich sarlavha qismidan ko‘ndalang yoriq, namlikdan qolgan dog‘lar, yirtilishlar, matoga yopishtirilgan, suv izlari mavjud.

 

 

 

Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”si.
Muallifi mashhur ozarbayjon shoiri. Dostonlar sahifada to‘rt ustun holida joylashtirilgan, chiroyli nastaʼliq xatida ko‘chirilgan bo‘lib, quyidagi tartibda berilgan:

  1. “Xusrav va Shirin” (Xusrav va Shirin) — 9a–73a varaqlar. Matn oltin va rangli chiziqlardan iborat ramkalar ichida to‘rt ustunda joylashtirilgan. Sarlavhalar oltin bilan bezatilgan lavhalarda yozilgan (jami lavhalar soni — 103).
    Matn “Raftani Shirin va chashma va dar ob nishastan” (“Shirinning buloq oldiga borishi va suvga tushishi”) bobidan boshlanib, “Daridani Xusrav nomayi Hazrati Rasulro” (“Xusravning Payg‘ambar maktubini yirtgani haqida”) bob bilan yakunlanadi.

 

 

Kitob matnining boshi va oxiri 3 ta miniatyura bilan bezatilgan:

  1. Shirinning sayrdan qaytishi (17a-varaq);

  2. Xusravning cho‘milayotgan Shirinni kuzatishi (23a-varaq);

  3. Mehmondorchilik paytida Shopur (Xusravning xizmatkori) Shirinni Xusrav haqida xabardor qilishi (35a-varaq).
    Kitobda jami 10 ta miniatyura, 4 ta frontispis va 315 ta bezakli lavha mavjud. Muqovasi yemirilgan (tarqab ketgan holatda).

 

 

Qrim Xonligi, Giraylar. Mengli Giray, hijriy 873–921-yillar / milodiy 1468–1515-yillar. Zarb qilingan joy — ehtimol Kırk. Arab yozuvida bitik: «Mengli Giray, Xadji-Giray xon o‘g‘li». Obodok kesilgan. Nuqtali doirada Kireyev tamg‘asi (legenda qoldiqlari). Doira atrofida chetdan o‘qilganda (legenda qoldiqlari). Zarb hijriy 882-yilda. Obodok chiziqli.

 

 

Qo‘qon xonligi. Muhammad-Xudoyor (birinchi davri). Hijriy 1266-yil, tenge, Qo‘qonda zarb qilingan. Bezatilgan obodok ichida Arab yozuvida bitik: «Xon 1266 Muhammad-Xudoyor Sayyid». Ikki chiziqli kvadrat ichiga joylashtirilgan, ustma-ust qo‘yilgan boshqa kvadrat ichida Arab yozuvida bitik: «Qo‘qonning 12-go‘zal, zarb 66».

 

Doimiy ekspozitsiyalar (masalan, qadimgi tarix, san’at, arxeologiya):

  • “Amir Temur maqbarasining o‘rganilishi tarixi” ekspozitsiyasi;

  • “O‘zbekiston dunyo madaniyatlari chorrahasida” ekspozitsiyasi;

  • Mustaqillik ekspozitsiyasi;

  • “O‘zbekiston voha xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ekspozitsiyasi;

  • “Markaziy Osiyoda yozuvning paydo bo‘lishi tarixi” ekspozitsiyasi;

  • “P.Benkov va uning ijodiy maktabi” ekspozitsiyasi;

  • “Boysun bahori” ekspozitsiyasi;

  • “XIX-asr oxiri XX- asr boshlarida O‘zbekiston xalqlarining milliy liboslari” ekspozitsiyasi;

  • “O‘zbekiston zargarlik san’ati” ekspozitsiyasi.

Ish vaqti: Har kuni, soat 09:00 – 17:00 (tushliksiz).
Joylashgan manzili: 148-manzil Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, Samarqand viloyati, Samarqand shahri.
Muzey bilan bog‘lanish (telegram kanali): +998 66 234-82-15,
+998 90 270-63-00. https://t.me/samarqandmuzey
Muzeyga kirish chipta narxi:
18-yoshgacha – 5 000 so‘m.
18-yoshdan kattalar – 10 000 so‘m.
Chet ellik sayyoxlar uchun – 25 000 so‘m.
Muzey veb sahifasi: samarkandmuseum.uz , sammusey@mail.ru.