Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi
?>

Muzeyning maqsadi quyidagilardan iborat:
Muzeylarda xalqimizning boy madaniy merosini, uning insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish; siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarda mamlakatda erishilgan yutuqlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan muzey ekspozitsiyalarini tashkil etish;
Muzeylar fondlarida saqlanayotgan xalqimizning madaniy boyligi hisoblangan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini avaylab-asrash, o‘rganish, boyitib borish, mamlakat fuqarolariga namoyish etish, dunyo jamoatchiligiga tanitish va targ‘ib etish;
Muzeylardagi noyob eksponatlar orqali fuqarolarda, ayniqsa yosh avlodda milliy va umumiy soni qadriyatlar, bebaho tarixiy va madaniy merosga hurmat, g‘urur va iftixor, Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalash va kuchaytirish; muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ilmiy tadqiq qilish ishlarini kuchaytirish va uning natijalarini e’lon qilib borish;
muzey ekspozitsiyalarini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish;
muzeyshunoslikning dolzarb masalalariga oid ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish va ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish;
chet el muzeylari bilan ko‘rgazmalar tashkil etish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash;
Jahon muzeyshunosligi tajribasini qo‘llash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va boshqalar.


Tarixi
Viloyat xalq ta’limi bo‘limining 1928-yilgi 21-maydagi bo‘lib o‘tgan majlisida Qoraqalpog‘istondagi o‘lkashunoslik masalasi ko‘rib chiqildi va u bo‘yicha Kagirovning ma’ruzasi tinglandi. 24-mayda viloyatlik O‘lkashunoslik byuro boshlig‘i Solotskiy va ilmiy kotibi Durishkinlar ijro qumitasiga bo‘lajak muzey uchun xalq orasidan eksponatlar yig‘ishda yozgi mavsumidan yaxshi foydalanish kerakligi haqida maxsus xat yozgan. Mazkur xatda 1928-yil mart oyidan boshlab Qoraqalpog‘istonda viloyatlik O‘lkashunoslik jamiyatining tashkil etilib ish olib borilganligi haqida ma’lumot uchratish mumkin. Shu yil sentyabr oyida viloyat xalq ta’lim vazirligi bo‘limi yonida “Qoraqalpoq etnografik ekspeditsiyasi” tashkil qilinadi, muzeyga eksponat yig‘ish uchun ekspeditsiya boshlig‘i A.L.Melkov bilan muzey kotibi G.Ibadullaevga topshirildi. Ekspeditsiya a’zolari o‘lkamizning birqancha tuman va qishloqlarida va qadim davr, o‘rta asrlarga tegishli bo‘lgan yodgorliklarga ekspeditsiyaga chiqib materiallar yig‘adi. 1929-yil To‘rtkul tumanida “O‘lkashunoslik” nomi bilan ochilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-sonli qaroriga asosan muzeyimiz Qoraqalpoq ulkashunoslik muzeyi nomidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi nomiga oʻzgartirildi. Shuningdek ushbu qaror asosida Moʻynoq tumani “Ekologiya” muzeyi va Ellikqal’a tumani “Arxeologiya” muzeylari filial sifatida joriy etildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali Moʻynoq tumani ekologiya muzeyi
1980-yili tashkil etilgan, dastlab muzey fondida sanoqli eksponatlar boʻlib, bugungi kunga kelib muzey fondi yangi eksponatlar bilan boyitib kelinmoqda.

Muzeydagi eksponatlar soni: 83 843 dona eng nodir eksponatlar haqida ma’lumot:
Ko‘k ko‘ylak - Qoraqalpoq kashtachilik hunarining ajoyib namunalaridan biri ko‘k ko‘ylak. U kelinchakning ham yosh ayolning kiyimi. Ko‘k ko‘ylak (bo‘yoq ko‘ylak deb ham ataladi) tikiladi. Naqshlar yoqadan boshlanib, ikki yengini bo‘ylab ko‘ylakning old etagigacha bo‘ladi. Dengiz bo‘yidagi qishloqlarda yashovchi yoki o‘sha yerdan qirg‘oqqa ko‘chib kelgan qadimgi odamlar Ko‘k ko‘ylakning naqshini “Sovut naqsh” deb ataydi. Boshqa xalqlarda bunday kiyim yo‘q. Ko‘k ko‘ylak faqat qoraqalpoqlarga xos. Ko‘k derminni, ya’ni hozirgi Jeans (jinsi) materialini eslatadi va shu mato turining dastlabki ijodkori qoraqalpoq ustalari bo‘lganligiga shubha tug‘dirmaydi. Qoraqalpoqlarning azaldan buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashishi va ularda savdo-sotiq ishlarining alohida rivojlanishi bu materialning Yevropa yerlariga tarqalishiga sabab bo‘lsa ajab emas. Chunki, hozirgacha buning dastlabki namunalari qoraqalpoqlardan boshqa hech qaysi xalqlarda uchramagan.

Xaykel - ko‘krak bezagi. Yuqori katta qismi ko‘z tegishidan saqlaydi dep ishonilgan qog‘ozga yozilgan sura uchun g‘ilofni o‘z ichiga olgan. Sirtiga serdolik toshidan 11 ta qistirma o‘tqazilgan, pastki qismiga shtoklar bilan bezatilgan shokilalar biriktirilgan. Yuqori qismida ikki tomondan zanjirga ikkita serdolik tosh biriktirilgan. Yuza o‘ymakorlik texnikasi, o‘simliksimon naqshlar bilan bezatilgan. Xaykel o‘zining asosiy shakllarini juda qadim zamonlardayoq olgan, lekin xalqning madaniy xotirasida barqaror saqlanib qolgan.

Kapitel - Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi arxeologik kolleksiyasidagi eng noyob, beqiyos, bebaho buyumlardan biri hisoblanadi. Kapitel mil avv IV - I asrlarga tegishli, kapitel marmardan yasalgan.

Patefon - fransuzcha “pathepone” so‘zidan olingan bo‘lib, fransuz aka-ukalarining firmasi nomiga qo‘yilgan, fon esa tovush ma’nosini bildiradi. Bunday patefonlar XX asrning 50-yillarida keng qo‘llanilgan.

Fotoapparat - Bu fotoapparat bizning yurtimizda 1930-50-yillarda keng tarqalib, XX-asrning oxirigacha malakali rassomlar maxsus suratxonalarda suratga olib foydalanib kelgan.

Xorezm 5000 rubl - Mahalliy ipakdan eni 11 sm li tasma to‘qilib, 15 sm uzunlikda kesilgan, keyin esa yog‘och qoliplardan foydalanib, tabiiy bo‘yoqlar yordamida matoga yozuvlar va tasvirlar tushirilgan. Xiva xonligi ipak pullari 200, 250, 500, 1000 va 2500 tanga qiymatida chiqarilgan. 1920-yilda Xorazm Respublikasi tashkil topgach, u ham ipak pullar chiqarishni davom ettirdi. Respublika ipak pullari 500, 1000, 2000 va 5000 rubl qiymatida chiqarilib, ular xonlik pullariga nisbatan ko‘proq tarqalgan. Qizig‘i shundaki, 1923 yilda bu pullarni umumdavlat qog‘oz pullariga almashtirish e’lon qilinganda, aholi birorta ham ipak pulni topshirmagan – ularni esdalik sifatida saqlab qolgan. Hatto 1940–1960-yillarda Xivadagi ayrim xonadonlarda bu ipak pullardan tikilgan quroq ko‘rpalar mavjud bo‘lgan. Bu pullar o‘zining noyobligi va ishlab chiqarish texnologiyasi jihatidan tariximizning nodir ashyosi hisoblanadi. Ipak matodan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida. Old tomonida kulrang naqshli ramka bor. Chap tomonda ikkita qizil ramkada qora, arabcha yozuv bor. O‘rtada quyosh nurlari bilan yarim oy tasvirlangan. Yuqorida arabcha belgilar, pastda oval shaklidagi qizil ramkada qizil rangda “rubl” yozuvi va qora rangda “5000” raqami, o‘ngda qora rangda arabcha belgilar.

Rubl - 1897-yilda chiqarilgan tanga. Old tomonda Nikolay II ning portreti va eski rus tilidagi yozuvlar tasvirlangan. Orqa tomonida ikki boshli burgut - Rossiya imperiyasining gerbi tasvirlangan. Tangaga sirtmoq payvandlangan.
Ish vaqti:
Dushanba: dam olish
Seshanba-juma 9.00-17.00
Shanba-yakshanba 10.00-16.00
Joylashgan manzili – Nukus shahri S.Kamalov ko‘chasi, 24-uy. Ma’lumot uchun: (61) 222-73-92 (61) 222-30-21
Muzey bilan bog‘lanish (telegram kanali) – https://t.me/Karakalpakmuseum
Muzeyga kirish chipta narxi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqoralari uchun kirish chipta narxi 20000
Xorjiy davlat fuqoralari uchun kirish chipta narxi 40000
Xorjiy davlat talabalari uchun kirish chipta narxi 35000
Xorjiy davlat maktab o‘quvchisi va bolalar uchun kirish chipta narxi 15000
O‘zbekiston Respublikasi fuqoralari uchun belgilangan imtiyozli narxlar
Talaba uchun kirish chipta narxi 15000
Maktab o‘quvchisi uchun kirish chipta narxi 5000
Pensioner uchun kirish chipta narxi 5000
Muzey veb sahifasi – karakalpakstanmuzey@gmail.com @historical_and_cultural_museum https://museumkr.uz