Munchoqli bezak san’ati
?>
Munchoqli bezak san’ati
Kiyimlarga munchoq tikish ham amaliy san’at turiga kiradi. Munchoq tikilgan kiyim o‘zining chiroyli, nafisligi bilan estetik go‘zallik tashiydi. O‘zbek xalqining qadim tarixida asosan badavlat xonadon egalari munchoqlar bilan bezatilgan kiyimlar kiyishgan. Bu amaliy san’at XX asrda turli rangdagi shisha munchoqlar kirib kelishi bilan keng rivojlandi. Munchoqlar odatda kelin ko‘ylaklarga, hamyon, do‘ppi, yelpig‘ich, ro‘molcha chetlariga tikiladi. O‘zbekiston viloyatlari orasida Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo ayollari ayniqsa toshlar bilan bezatilgan kiyimlarni ko‘proq kiyishadi. Bu amaliy san’at turi ikkinchi nom bilan biser tikish deb ham yuritiladi. Hozirda maxsus biser tikadigan ayollar tikuvchilar bilan birga faoliyat yuritadilar.

Munchoq va uning turlari
Munchoqlarning eng ko‘p qo‘llanadigan turlari bular quyidagilar: 1. Dumaloq munchoqlar. 2. Qisqa tayoqchalar. 3. Bugles, uzun quvurlar. Munchoqlarning boshqa har xil turlari ham bor, lekin bu turdagi munchoqlar gullarni ulash, bog‘lash, shakl hosil qilish uchun ko‘proq qo‘llanadi. Yumaloq, uzun munchoqlarning hammasi shishadan tayyorlanib, ichida igna yurishi uchun yo‘l qoldiriladi. Munchoqlar ichida olmos, dur, swarovski toshlari eng qimmatlari sanaladi. Tikuchilikda ishlatiladigan toshlar ham sifatiga ko‘ra farqlanadi. Bu toshlar asosan Xitoy, Chexiya, Yaponiyada ishlab chiqariladi.

Munchoq tikish usuli
Munchoqlar asosan ayollarning ko‘ylaklari yoqalariga, yenglariga, kelinlar do‘ppilariga, ustidan yopinadigan to‘rli yopinchiqlariga, sochga taqadigan taqinchoqlari va sumkalariga tikiladi. Eng ommaviysi ayollarning ko‘ylaklari yoqasiga tikiladigan munchoqlardir. Munchoqli ko‘ylaklar tojik xalqining milliy ayollar kiyimlari bilan juda yaqin, bir-biriga o‘xshaydi. Sababi Markaziy Osiyoda qo‘shni bo‘lib yashagan o‘zbek-tojik millati kiyinish madaniyatida o‘zaro yaqin jihatlar juda ko‘p. Samarqand, Buxoro xalqi to‘y-hashamlarida kiyadigan ko‘ylaklar o‘zining go‘zalligi bilan alohida ajralib turadi.
![]() | ![]() |
Munchoq tikish ham alohida estetik did, mahoratni talab etadi. Munchoq tikadigan tikuvchi tikadigan gulining aniq shaklini tasavvur qila olishi kerak. Matoning rangiga muvofiq munchoq ranglarini tanlay bilishi, ko‘ylakning chiroyini ochadigan, hashamdor, nozik gullarni tikishi lozim. Buning uchun gulning xomaki shakli qog‘ozda chizib olinadi. Qirqilgan, biroq hali bir-biriga biriktirilmagan ko‘ylakning yoqasiga o‘sha qog‘ozni qo‘yadi, gul shakli, teshiklarini belgilaydi. Ko‘ylak matosi yumshoq bo‘lgani uchun maxsus qog‘oz ustida gulning yo‘rmalari tikish boshlanadi. To har bir gul manziligacha bo‘lgan oraliq kichik munchoqlar bilan yetkazib boriladi. Gulning markazida asosiy gul shakli hosil qilinadi, unda oldindan tayyorlab qo‘yilgan rangli toshlar, shaklli munchoqlar tikiladi. Munchoq rangiga mos ip ishlatiladi. Hamma ish ignada, qo‘lda bajariladi. Munchoq tikish katta sabr-toqat, mahorat, didni talab qilgani uchun bu mehnatning narxi ham qimmat hisoblanadi. Shuning uchun o‘zbek ayollari munchoq tikilgan ko‘ylaklarni asosan to‘ylarga kiyishadi.
![]() | ![]() |
Manbalar
(226) Biseropletenie. - YouTube
Biser Daraxt
50+ ukrashenie. Ukrasheniyai kurta. Kuylak ukrasheniya va fasonlari. Novinka 2024-2025!!!!
https://www.youtube.com/@dress_partyy/shorts