Quroqchilik


?>

Quroqchilik amaliy san’at turi sifatida

Rangli matolardan ulangan quroq kiyimlarni kiyish tarixi butun dunyoda qadim tarixga ega.  Quroq ilk bor Sharqning qadimiy manbalarida tilga olingan. Sharq xalqlari esa, quroq o‘z egasini turli balo-qazolardan saqlaydi, deb ishonishgan.  Qadimdan kelayotgan xalq amaliy san’ati – quroq tikish hozirgi kunda ham saqlanib kelmoqda.

Quroq turlari

Yurtimizdagi har bir hududning oʻziga xos quroq tikish usullari bor. Jumladan, “qatlama quroq”, “turna nusxa”, “koʻz”, “oqqush”  va “qoraqosh” singari  turlari o‘ziga xos ma’noga ega. Quroqda mahalliy urf-odat, anʼanalar ham aks etadi. 

Quroq tikishda, avvalo, turli mato parchalari tanlab olinadi. Keyin mato parchalaridan har xil geometrik shakllar, asosan, uchburchak, kvadrat yoki romb qirqib olinadi. Keyin mato parchalari rangi va shakliga qarab qoʻshib tikib chiqiladi. Soʻng har bir parcha birlashtirilib, bir butun shaklga keltiriladi.

Quroqdoʻzlik sanʼati nafaqat kerakli shakl va rangni toʻgʻri tanlay bilish, balki yangi gʻoyalar yaratishni ham taqozo qiladi. 

Quroqda shakl va ranglarning ma’nosi

Quroq har xil shakllarda bo‘ladi. Masalan, “yulduz” nomli quroq – baxti kulsin, yulduzi yarqirasin, degan ma’noni bildiradi. 

Quroqning ranglarida ham chuqur ma’no mujassam. Masalan, ko‘k rang – ochiq osmonni, omadni, qizil rang – olov, qonni, hayotni, yashil rang – o‘simlikni, navbahorni, oq rang – yuksaklik, sariq rang – donolikning belgisi. Ba’zi manbalarda Xorazmda, asosan, oq va qora rangli matolardan foyd, bunda ham o‘ziga xos tushuncha mujassamligi aytilgan: oyning o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘. 

Picture background

Qadimdan o‘tib kelayotgan tushunchalarga ko‘ra, quroqlar  yomon ko‘zdan saqlaydi, yomonlikdan himoya qiladi. Chaqaloqqa ko‘z tegmasin, degan irim bilan qirq quroq quralib, shunga o‘ralgan. Quroq – daromad ramzi, shuning uchun yangi uyga chiqqan oilaga dunyosi ko‘paysin, moli-joni omon bo‘lsin deb quroq ko‘rpacha tikib beriladi. Quroq ko‘rpa, quroq yostiq, quroq ko‘rpacha, quroq bola yostig‘i qizlarni uzatganda qo‘shib beriladi. Quroqdan tikilgan buyum, qizning borgan yerida, ildiz otib, palak yoyib, ko‘payib, qo‘shgani bilan qo‘sha qarisin, degan ma’nolarni ifodalaydi. To‘ydan avval quroq tikib, qizning sepiga qo‘shish – o‘zbek xalqining urf-odatlariga kiradi. 

Manbalar

Hikmati bisyor quroq yoxud quroq qaʼridagi sirlar xususida, M.Nazarova, Adolat ko’zgusi gazetasi, 2015.

(166) QUROQ TIKISHNI O'RGANAMIZ - YouTube

(166) Turna quroq tikishni o'rganamiz. Quroq tikish usullari. - YouTube