Zardo‘zlik


?>

Zardo‘zlik amaliy san’at turi 

Zardo‘zlik  amaliy sanʼatning zar (tilla va kumush suvi yuritilgan) ip, nozik sim, ipak bilan kashta tikib bezak yaratadigan sohasi. Toʻrtburchak chambarakka (korchoʻpga) oʻrnatilgan baxmal, shoyi, movut, charm va b. matolarga zardoʻzi usulida kashta (gul, naqsh, tasvir) tikiladi. 

https://zinnur-style.com/image/catalog/about/pro2.jpg https://yuz.uz/file/news/a431112f277b1fa1caa9ceb2de6bd812.jpg https://i.pinimg.com/originals/f0/55/4e/f0554ed7c661159d11116fca723abccf.jpg

Zardoʻzlik tarixi 

O‘rta Osiyoda zardo‘zlik juda qadimdan rivojlanib kelayotgan xalq amaliy san’ati turlaridan biridir.Zardo‘zlik san’atining vatani Sharq davlatlari hisoblanib, qadimgi Bobil, Vizantiya, Eron podsholigida ham ravnaq topib, rivojlangan. Markaziy Osiyoda milodiy I – III asrlarda zarbof kiyimlar bo‘lgan. Zardo‘zi kiyimlarni faqat aslzodalar kiyishgan. XIX – XX asrlarda Buxoroda zardo‘zlikning o‘ziga xos maktabi shakllanib, gullab-yashnagan. 15-18-asrlarda Buxoro, Samarqand, Hirotda zardo‘zlik yuksak pogʻonaga koʻtarilgan. Uning 19-asrdagi taraqqiyoti Buxoro bilan bogʻliq. Buxoroda saqlanib kelayotgan zardo‘zlik kasbi uzoq davr mobaynida sayqal topib, takomillasha borgan. 

https://vostochniy-magazin.ru/image/cache/catalog/Product%206/CHapany%2026.01.2017/IMG_9646-700x700.JPG    

Zardo‘zlik bilan, asosan, erkaklar shugʻullangan (hozir ayollar orasida ham keng tarqalgan), ular ustaxonalarga uyushib ishlashgan. 19-asr oʻrtalari 20-asr boshlarida yaratilgan zardoʻzi buyumlar (toʻn, kamzul, chakmon, chalvor, poyabzal, belbogʻ, salla, kuloh va jul kabi)ning deyarli barchasi amir va uning oilasi, saroy aʼyonlari uchun tayyorlangan, qisman badavlat xonadonlar buyurtmalari ham bajarilgan. Turli navdagi simli iplar zardo‘zlikning asosiy xom ashyosi bo‘lib, ular qadimda Misr, Bobil, Dehlida ishlab chiqarilgan. XIX asrning ikknchi yarmida zar iplar Buxoroga Moskvadan, keyin Angliyadan, hozir esa Yaponiyadan keltiriladi.

Buxoro xonligida zardo‘zlik 

Qimmatbaho matodan tayyorlanadigan zardo‘zi kiyimlarasosan, amir saroyidagilar, shahar boylari uchun tikilgan. Yuzlab qo‘li gul ustalar hammasi amir saroyining ehtiyoji uchun ishlagan. Bu ustalarning ko‘pchiligi ota-bobosidan meros bo‘lgan kasbi saroy ahllari uchun kamzul, chakmon, chalvor, poyafzal, belbog‘, salla, quloq va jul tikish bo‘lgan. Bu kiyimlar xon yoki uning yaqinlari tomonidan oilaviy tantana yoki bayram munosabati bilan buyurtma berilgan. Hech kim, hatto, eng katta amaldorlardan birortasi ham yuqorida aytib o‘tilgan kiyimlardan hech birini o‘ziga buyurtirishga haqi yo‘q edi, ular zarbop kiyimlarni amir sovg‘a qilgandagina kiyishlari mumkin edi. Ayollar va bolalarning zardo‘zi kiyimlari faqat badavlat xonadonlarning an’analaridagina kiyilgan, kiyimlarni ular turli oilaviy tantana yoki bayram munosabati bilan kiyishgan. Boy xonadonlarning sakkiz-o‘n yoshdan katta bo‘lmagan o‘g‘il bolalariga sunnat to‘yi munosabati bilan zarbop to‘n kiydirishgan.

XIX – XX asr boshlarida Buxoroda hukmronlik qilgan mang‘itlarning oxirgi sulolasiga taalluqli zarbop kiyimlar yagona yodgorliklari nusxasi hisoblanadi. Bu borada 1800-1826-yillarda Haydarxon podsho zamonasida ishlangan zardo‘zi maxsi (1810-yilda ishlangan), 1827-1860-yillarda Amir Nasrulloxondan juda ko‘p zarbop kiyimlar hamda 1895-yildan 1911-yilgacha hukmronlik qilgan Abdulahadxonga mansub juda ko‘p zardo‘zlik kiyimlar saqlangani o‘sha davrlarda zardo‘zlik san’ati gullab-yashnaganini ko‘rsatadi.

1893-yildan zar iplarning yangi navlari koʻp miqdorda ishlab chiqarilib, ular rangli ipak iplarni siqib chiqardi va umumiy tikish uslubini ham tubdan oʻzgartirib yubordi. 1930-yil O‘zbekistonda rassomlar uyushmasi qoshida zardo‘zlik arteli tashkil topgan.

Matoga zar tikish jarayoni va usullari

Kashtada baʼzan metall, tosh, shisha munchoqlar ham ishlatiladi, turli matolar (baxmal, shoyi va b.)dan quroq qilinadi. Oldindan tayyorlangan (rassomlar tomonidan yaratilgan gul nusxasi ko‘chirilgan) axta qogʻozlardan keng foydalaniladi. Matoga mustahkamlangan (tikilgan yoki yopishtirilgan) axta qogʻoz zar ip bilan bir tomonlama qoplab tikiladi (mustahkamlovchi chok uchun zar ipga moye rangdagi ipdan foydalaniladi), natijada naqshgul yuzasi zar iplar bilan qoplanadi, matoning teskarisida naqshgul shakligina hosil boʻladi. 

Zardoʻzlar bezak yaratishda bir necha usulni qoʻllaydilar: zardoʻzi zamindoʻzi va zardoʻzi guldoʻzi, shuningdek, birishimdoʻzi (ipak ishlatilganda), pulakdoʻzi (tugmasimon metall yaproqchalar qoʻllanganda) va b. Mustahkamlovchi va tahrir choklarning bir necha xilini mohirona qoʻllanilishi hamda ularning naqsh shakli bilan uygʻunlashuvi zardoʻzi buyumlarga joziba va nafosat baxsh etadi; ularning badiiy qimmati naqsh guli, xom ashyosi, tikilishi hamda zardoʻz ustaning didi va mahoratiga bogʻliq.

Momiq zar tolalari kalyobatun deb nomlanib, u ingichka metal ip, shoyi ipga puxta o‘rnashadi. U oq ipak, ya’ni kumush ip bo‘lib, undan kumush gullar tikiladi. Oq ipak ipni tilla kalyobatun qilish uchun sim ipga tilla suvi yugurtirilgan. Zardo‘zlikda oltin, kumush rangdagi ipak hamda sun’iy ipak tolalaridan foydalaniladi. Zardo‘zlikda yana po‘lakcha, olmos qubbalar, zarhal to‘g‘alar ham ishlatiladi. Po‘lakcha-zardo‘zlikda ishlatiladigan kichkina piston, u oq, qizil va sariq rarglarda bo‘ladi. Olmos qubbalar – zargarlar tomonidan yasaladigan olmos naqshlardir. Zardo‘zlik buyumlarida lola, oftob, bodom, minorayi kalon, somoniylar maqbarasi kabi naqsh va rasmlar aks ettirilgan. 

Manbalar

Zardoʻzlik - Vikipediya (wikipedia.org)

Zardo‘zlik hunari tarixi (Uzb) (youtube.com)

Zardõzlik / Zarduzi. - YouTube

Qadriyatlar beshigi |Zardo‘zlik san'ati| (youtube.com)