Toshtaroshlik


?>

Toshtaroshlik (sangtaroshlik) – hunarmandlik turi bo‘lib, toshni kesish, yo‘nish bilan uni ma’lum shaklga keltirish kasbidir. Inson juda qadim zamonlardan beri o‘z ehtiyojlari uchun turli-tuman tabiiy toshlardan foydalanadi. Tabiiy toshlar keng tarqalgan o‘lkalarda tosh asosiy qurilish materiali hisoblanadi. Uning turli navlari uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol va asboblar, bezak ashyolari tayyorlashda keng qo‘llanilgan. Qimmatbaho toshlar jahondagi deyarli hamma xalqlarda bezak buyumlari tayyorlashda ishlatiladi.

O‘zbekiston tabiati turli-tuman toshlarga boy, shuningdek, toshga nisbatan foydalanish uchun bir muncha qulay bo‘lgan yog‘ochga, ganchga ham boy. Geografik sharoit taqozosi bilan qurilish materiali sifatida me’morlikda toshdan kam foydalanilgan, jonli mavjudotlarning shakllarini ishlash  haykaltaroshlik ham rivojlanmagan. Qimmatbaho toshlardan badiiy va bezak buyumlari tayyorlash, nodir toshlardan zargarlikda foydalanish esa juda qadimdan rivojlangan.

Toshtaroshlik namunalari

 

https://avatars.mds.yandex.net/i?id=325d76efc6d3e03d76ec88a2ac08f50259166c62-7132164-images-thumbs&n=13

 

Amir Olimxonning yozgi saroyidagi toshdan yasalgan yo‘lbars

 

https://xs.uz/upload/post/2022/2/10/df4ffc81daf8af0fbfc80e1889ea83bc0210.jpg

Usta Tohir Rahimov, Nurota G‘ozg‘on qishlog‘i

 

Toshtaroshlik tarixi

Neolit davriga mansub Lavlakon (Qizilqum)da zargarlik ustaxonasining qoldiqlaridan feruza taqinchoqlar tayyorlashda foydalanilgan, yana chaqmoqtosh, kvarsit egovlar topilgan (mil. av. 3 ming yillik). Neolit va jez davrlarida tosh badiiy ishlanganligini Zamonbobo madaniyati va Chustdan topilgan arxeologik topilmalardan ham ko‘rish mumkin. Bu borada Farg‘ona viloyatidagi So‘x qishlog‘idan topilgan qora toshdan ishlangan tumor diqqatga sazovor.

I – III asrlarda O‘zbekistonning janubida binolarning poydevori, ustunlarida, bino qismlarini bezashda marmar va harsang toshlardan, binolarni bezash uchun relyef va haykallar tayyorlashda (buddizm tarqalishi munosabati bilan) ohaktoshdan foydalanilgan. Ayritom, Fayoztepa, Qoratepa va b. binolarning qoldiqlari binolarni bezashda toshdan foydalanilganini ko‘rsatadi.

Toshtaroshlik Markaziy Osiyoda XV asrda yanada rivojlandi va takomillashdiMadrasa, maqbara va boshqa yirik binolar qurilishida toshdan keng foydalanildi: Amir Temur maqbarasi, Bibixonim jome masjidi, Ahmad Yassaviy majmuasi kabi binolar jozibali bezatilgan. XIX – XX asr boshlarida Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Qo‘qon va b. shaharlarda yirik binolar, hovuzlar (Labi Hovuz ansambli, Sitorayi Mohi Xosa va b.), tegirmonlarda harsang tosh va marmardan ko‘p foydalanilgan. Nurota, G‘ozg‘on qishloqlarida marmardan lagan, piyola kabi idishlar tayyorlash rivojlangan. 

Toshtaroshlik rivoji

XX asr va XXI asr boshlarida (ayniqsa, O‘zbekiston mustaqilligidan so‘ng) ma’muriy va jamoat binolarini qurish va ularni bezashda ohaktosh, marmar, granit va boshqa toshlardan, tog‘ jinslaridan foydalanishga katta e’tibor berildi: Navoiy teatri, Muqimiy teatri, Toshkent metropoliteni bekatlari, Xalqlar do‘stligi saroyi, Oliy Majlis, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oqsaroy va boshqa binolar toshtaroshlik bilan uyg‘un holda qurilgan.

Nurotalik usta Tohir Rahimov an’anaviy toshtaroshlik kasbini yetti avloddan beri davom ettirib kelmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ko‘plab allomalar qabrlari obod qilinib, lavhalar o‘rnatildi. O‘zbekistondagi tarixidagi buyuk diniy ulamolar, olimlar qabrlari uchun tosh tayyorlashda mazkur sulolaning hissasi katta. Xususan, ular tomonidan Hirotda Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, musavvir Rustam, Navoiyning ustozi Mavlono Lutfiyning Hirotdan 60 km. masofada joylashgan Dehi Kanor qishlog‘idagi qabriga qabrtoshlar tayyorlab o‘rnatilgan.

 

Manbalar

Toshtaroshlik haqida —  QOMUS.INFO