Popopchilik


?>

Popopchilik amaliy san’at turi

Popopchilik – oddiy qo‘l bilan tikiladigan kashtadan farqli bo‘lib, mashinada kashta tikish kasbidir. Popop mashinada yo‘rma chokida tikiladi. Xususan, uy buyumlari – choyshab, so‘zana, palak, yostiq jildi, do‘ppi va kiyim-kechaklarga kashta tikiladi. Tikilgan kashta rang va bezak uyg‘unligida nafis go‘zallikni hosil qilishi bilan amaliy bezak san’atiga kiradi. Markaziy Osiyoda, jumladan, O‘zbekiston hududiga popop titkish XIX asrlarda kirib kelgan. Badiiy buyumlar avval yakka tartibda xonadonlarda tikilgan. Keyinchalik kichik jamoa shaklida tayyorlanadi. 

 

Popopga ishlov berish

Popop satin, duxoba, baxmal va boshqa sidirg‘a matolarga tikiladi. Naqsh-gullar avvaldan tayyorlangan axtalar yordamida bezatiladigan mato yuziga tushirib olinadi, so‘ngra rang-barang ipaklarda tikiladi. O‘zbeklarda qariyb bir asrdan buyon popop tikib bezatilgan buyumlar uyning ko‘rki hisoblangan. Bunday bezakli badiiy buyumlar uzatiladigan qizlarning sepiga maxsus tayyorlangan. Qora duxobalarga rangli iplar bilan tikilgan so‘zanalar uyning bezagi sifatida o‘zbek xonadonlarida devorga osib qo‘yilgan. 

Popop bugungi kunda o‘zbek xalqining milliy kashtachilik an’anasi sifatida baxmal, atlas choponlar, bayram va to‘y kiyimlari, ko‘rpacha-yostiqlarga va boshqa ko‘plab jihozlarga zamonaviy shakllarda tikilmoqda. Shuningdek, sumkalar, yelpig‘ichlar, turli g‘iloflar, choynak qopqoqlariga tikilgan popoplar noyob buyum sifatida qadrlanadi. Toshkent, Buxoro, Farg‘ona va boshqa viloyatlardagi popopchilik o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi.  

Manbalar

Popopchilik haqida — U kim, bu nima — QOMUS.INFO

 "Popopchilik" - embroidery craft of Namangan (youtube.com)

Popop tikish jarayoni

https://i.ytimg.com/vi/cymO7cj8xvI/maxresdefault.jpg

Uy jihozlariga tikilgan popoplar

So‘zanalar

  

Ko‘rpachalar

 

Ayollar kiyimiga tikilgan popoplar