Platforma test rejimida ishlamoqda

Asosiy kurslar


Asosiy kurslar
“O‘zbek maktabi” — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida xorijliklarga o‘zbek tilini o‘rgatishga ixtisoslashgan ilmiy-uslubiy loyiha.

Mazkur tashabbus 2022-yildan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Uning asosiy maqsadi — O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan milliy til siyosatini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish va o‘zbek tiliga qiziqayotgan xorijliklar uchun zamonaviy, tizimli va metodik asoslangan ta’lim imkoniyatlarini yaratishdir.

Loyiha Yevropa tillarini baholashning umumiy tizimi (CEFR) asosida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar A1, A2 va B1 darajalari uchun darsliklar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Har bir daraja uchun 3, 5 va 12 oylik maxsus sillabuslar ishlab chiqilgan. Ushbu darsliklarda:
• o‘zbek tilining asosiy grammatik qoidalari;
• kundalik muloqot uchun zarur so‘z boyligi;
• ijtimoiy-madaniy kontekstlar;
• real hayotiy vaziyatlarga mos mashqlar keng yoritilgan.

Darsliklar xorijliklarning til o‘rganish ehtiyojlariga moslashtirilgan bo‘lib, ularning asosiy ustunliklari quyidagilardan iborat:

• CEFR standartlariga to‘liq mos;
• ko‘rsatmalar ingliz, fransuz, rus, koreys va turk tillarida berilgan;
• audio va video materiallar ilova qilingan bo‘lib, tinglash, tushunish va talaffuzni rivojlantirishga xizmat qiladi;

Bu imkoniyatlar xorijliklarga o‘zbek tilini tezroq va samaraliroq o‘rganishga yordam beradi.

Bizning afzalliklarimiz:

• malakali va tajribali o‘qituvchilar;
• eng yaxshi o‘quv qo‘llanmalar va materiallar;
• sertifikatlar;
• vizani rasmiylashtirishda yordam;
• doimo shaxsiy, samimiy va professional maslahat.

Kurs haqida ma’lumotlar:

Kurs shakli: intensiv, individual yoki guruh (5-10) shaklida
Davomiyligi: 3-12 oygacha
Umumiy dars soati: 120 soat
Har bir dars davomiylig: 90-120 daqiqa
Dars kunlari: haftada 2 yoki 3 marta

Biz bilan bog‘laning:

https://courses.tsuull.uz/

instagram.com/uzbekschool

silkroad.uzbekschool@gmail.com

facebook.com/uzbekschool

youtube.com/@uzbekschool