Buxorocha sahnaviy raqs


Mazkur videodars “Buxoro go‘zallari” raqsining kompozitsion tuzilishi va ijro xususiyatlarini yoritishga bag‘ishlangan. Unda vazmin qadamlar, qo‘l holatlari, bilak va barmoq plastikasi, aylanishlar hamda gavda muvozanati ritm asosida bosqichma-bosqich ko‘rsatib beriladi. Raqsda Buxoroga xos salobat, nafislik va ichki sokinlikni ifodalash, harakatlar uyg‘unligi va obrazli ijroni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.