E’LON
?>
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi 31-son qaroriga muvofiq, chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash hamda malaka sertifikatini berish tizimi joriy etildi.
Mazkur tizim doirasida o‘zbek tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha malaka imtihonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “Ilmiy-o‘quv amaliy markazi” davlat muassasasi tomonidan tashkil etiladi va sertifikatlash ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan, o‘zbek tili kurslarida tahsil olayotgan xorijiy fuqarolar uchun malaka sertifikatini olish imkoniyati yaratilganini ma’lum qilamiz. Ushbu tizim orqali o‘zbek tilini bilish darajasi rasmiy baholanadi va tegishli sertifikat bilan tasdiqlanadi.
Ilova
